Biz haqimizda
Kibersportchilar o‘z holatini tushunsin
Tiltmeter o‘yinchiga tiltni erta sezishga, murabbiyga jamoaga g‘amxo‘rlik qilishga, ota-onaga esa xotirjam bo‘lishga yordam beradi.
Loyiha maqsadi
Har bir kibersportchi o‘z holatini raqamda ko‘rsin va tiltga tushishdan oldin to‘xtay olsin. Yaxshi o‘yin sog‘lom o‘yinchidan boshlanadi.
Nega bu muhim
- Tilt — asabiylashib, qaror sifati tushgan holat. Bir yomon raund ketidan boshqasi keladi.
- Kibersportchilar kuniga soatlab o‘ynaydi, ko‘pchiligi — o‘smirlar. Uyqu, stress va yuklama natijaga ham, sog‘liqqa ham ta’sir qiladi.
- Sportda puls va tiklanishni o‘lchash odatiy hol. Kibersportda bu hali yangi — biz uni oddiy va xavfsiz qilmoqchimiz.
Qadriyatlarimiz
Salomatlik birinchi
Tiltda to‘xtashga undaymiz. Xavfsizlik funksiyalari hech qachon pullik bo‘lmaydi.
Maxfiylik
Ma’lumot o‘yinchiniki. Sotmaymiz, reklamaga ishlatmaymiz. Kim ko‘rishini o‘yinchi hal qiladi.
Halollik
Ball qanday hisoblanishini va cheklovlarini ochiq yozamiz.