Klub va akademiyalar uchun
Jamoada tilt boshlanishini erta ko‘ring
Kim qizib ketyapti, kim tayyor, kimga dam kerak — murabbiy panelida. Faqat o‘yinchi roziligi bilan.
- DIDilraboIGL42Ideal
- JAJasurEntry63Qizish
- AZAzizAWP34Ideal
- BEBekzodSupport22Sust
- TITimurLurkerRuxsat yo‘q
Jamoaga nima beradi
Murabbiyning ko‘zi yetmaydigan narsalar — tana signallari orqali.
Tiltning oldini olish
Qizish boshlanganda o‘yinchi titrash va nafas mashqi oladi, murabbiy panelda ko‘radi. Tanaffus faqat o‘yin tugagach.
Tayyorlik
Har ertalab qisqa o‘lchov. Mashg‘ulotdan oldin kim to‘liq kuchda ekanini bilasiz.
Yuklama va uyqu
Haftalik o‘yin soatlari va uyqu bitta grafikda. Ortiqcha yuklamani charchoqdan oldin sezasiz.
O‘yin tahlili
Har o‘yin bo‘yicha Tilt chizig‘i: qaysi raundda ko‘tarildi, qancha vaqtda tinchlandi.
Rozilik va maxfiylik
O‘yinchi o‘zi ulashadi va istalgan vaqtda o‘chiradi. Murabbiy kimni qachon ko‘rgani jurnalga yoziladi.
Hamkorlik qanday boshlanadi
Beshta oddiy qadam. Har birida nima bo‘lishini oldindan bilasiz.
Demo
30 daqiqalik onlayn uchrashuv: panelni ko‘rsatamiz, jamoangiz ehtiyojini tinglaymiz.
30 kunlik pilot
Bitta jamoa bilan real mashg‘ulotlarda. Oxirida natijani birga ko‘rib chiqamiz.
Shartnoma
O‘rinlar soni, muddat va qo‘llab-quvvatlash darajasi yoziladi.
Joriy etish
Brasletlar, o‘yinchilar uchun qisqa dars, murabbiyga panel bo‘yicha o‘qitish.
Qo‘llab-quvvatlash
Savollarga javob, yangilanishlar va natijalarni muntazam birga ko‘rib chiqish.
Klublar so‘raydigan savollar
Murabbiy panelidan qanday foydalanaman?
«Kirish» → «Murabbiy paneli». Gmail bilan kirasiz, jamoa yaratasiz va o‘yinchilarga kod berasiz.
Murabbiy nimani ko‘radi?
Faqat o‘yinchi ulashgan ma’lumotni: jonli Tilt, tayyorlik, yuklama va o‘yin tahlili. 18 yoshgacha — ota-ona ruxsati bilan.
Klub bilan qanday ishlaysiz?
Demo, 30 kunlik pilot, shartnoma, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash. Batafsil — «Jamoalar uchun» sahifasida.
Qaysi qurilma kerak?
Pulsni Bluetooth orqali uzatadigan qurilma. Hozir eng aniq variant — Polar H10 ko‘krak tasmasi: u titramaydi, ogohlantirish telefonga keladi. Veepoo brasleti sinovda. Batafsil — «Qurilmalar» sahifasida.
Necha yoshdan foydalansa bo‘ladi?
13 yoshdan. 13–17 yoshda ota-ona roziligi kerak.
Ma’lumotlarim kimga sotiladi?
Hech kimga. Ma’lumotni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.