Asosiy qismga o‘tish

Chempionatlar

Chempionatga jamoa bo‘lib yoziling

Ilovada tarkib tuzasiz, do‘stlarni kod bilan chaqirasiz, sardor ariza yuboradi. Tiltmeter xodimi tekshiradi va javob bildirishnoma bo‘lib keladi.

Hozir ro‘yxat ochiq

Bu yerda e’londagi ochiq ma’lumot ko‘rinadi. Ariza ilovada yuboriladi.

Hozircha ochiq chempionat yo‘q. Yangi e’lon shu sahifada va ilovada chiqadi.

Qanday ishlaydi

To‘rt qadam. Hammasi ilovaning «Jamoa» bo‘limida.

  1. Tarkib tuzing

    Tarkibga nom bering va o‘yinni tanlang. Tuzgan odam sardor bo‘ladi. Murabbiy shart emas.

  2. Do‘stlarni kod bilan chaqiring

    Sardor 8 belgili taklif kodini yuboradi. Do‘stlar uni ilovaga kiritib, tarkibga qo‘shiladi. Kod 7 kun amal qiladi.

  3. Sardor ariza yuboradi

    Sardor chempionatni tanlaydi, zaxira o‘yinchilarni belgilaydi va aloqa raqamini qoldiradi. Yuborilgan ro‘yxat keyin o‘zgarmaydi.

  4. Xodim tekshiradi va xabar keladi

    Tiltmeter xodimi arizani tasdiqlaydi yoki sababini yozib rad etadi. Javob tarkibdagi hammaga bildirishnoma bo‘lib keladi.

Nimani olamiz va nimani olmaymiz

Chempionat arizasi uchun faqat keragi olinadi. Mana to‘liq ro‘yxat.

Olamiz

Ariza uchun

  • Tarkib nomi
  • A’zolarning ismi va niki
  • 18 yoshdan katta yoki kichikligi
  • Sardor qoldirgan aloqa raqami (telefon yoki Telegram)

Olmaymiz

  • Aniq tug‘ilgan sana: arizada faqat 18 yoshdan katta yoki kichikligi ko‘rinadi

Puls va stress ma’lumoti arizaga va tashkilotchiga hech qachon bormaydi.

Kim ko‘radi

  • O‘zingiz.
  • Tarkibdoshlar: ismingiz va nikingizni.
  • Arizani tekshiradigan Tiltmeter xodimi: tarkib ro‘yxati va sardor qoldirgan aloqa raqamini.
  • 18 yoshgacha o‘yinchi arizaga kirsa, bog‘langan ota-onasiga bildirishnoma boradi.

Qanday o‘chiriladi

  • Tarkibdan istalgan vaqtda chiqasiz. Sardor tarkibni tarqata oladi.
  • Hisobni o‘chirsangiz, hammasi o‘chadi: 30 kun kutishdan keyin butunlay.
Maxfiylik siyosati

Tashkilotchilar uchun

Klub yoki tashkilotchimisiz? E’loningizni Tiltmeter xodimlari ilovaga joylaydi, jamoalar arizasini ham ular tekshiradi.

E’londa nima bo‘ladi

  • O‘yin
  • Format, masalan 5×5
  • Sana
  • Joy yoki onlayn
  • Jamoalar soni
  • Sovrin
  • Ishtirok haqi
  • Qoidalar

Jarayon

  1. E’lon ma’lumotini bizga yozasiz, xodim uni ilovaga joylaydi.
  2. Jamoalar ilovada tarkib tuzib, ariza yuboradi.
  3. Xodim har bir arizani tekshiradi: tasdiqlaydi yoki sababini yozib rad etadi.
  4. O‘yinchilar javobni va o‘yindan bir kun oldin eslatmani bildirishnoma bo‘lib oladi.

Hozircha yo‘q

  • To‘lov ilovada emas: ishtirok haqi e’londa matn bo‘lib yoziladi.
  • Setka va natijalar hozircha yo‘q.
  • Tashkilotchi uchun alohida kabinet hozircha yo‘q.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Kim qatnasha oladi?

Tiltmeter ilovasidagi har qanday o‘yinchi. Do‘stlar bilan tarkib tuzasiz, murabbiy shart emas. E’londa yosh chegarasi bo‘lsa, undan yosh o‘yinchi bor tarkib ariza yubora olmaydi.

Jamoa necha kishi bo‘ladi?

E’londa yoziladi, masalan 5×5. Asosiy tarkibdan tashqari zaxira o‘yinchilar ham bo‘lishi mumkin. Bitta tarkibda ko‘pi bilan 10 kishi.

Qatnashish pullikmi?

Har chempionatda har xil. E’londa «Ishtirok bepul» yoki haq miqdori yoziladi. Ilovada to‘lov yo‘q.

18 yoshgacha qatnashsa bo‘ladimi?

Ha, agar e’londagi yosh chegarasi ruxsat bersa. 18 yoshgacha o‘yinchi arizaga kirsa, bog‘langan ota-onasiga bildirishnoma boradi.

Ariza rad etilsa nima bo‘ladi?

Xodim sababini yozadi va u tarkibdagi hammaga ko‘rinadi. Kamchilikni tuzatib, qayta ariza yuborasiz.

Savolingiz qoldimi?

Yozing — 1 ish kunida javob beramiz.