Imkoniyatlar
Bitta Tilt indeksi — to‘rt xil foyda
O‘yinchi, murabbiy, ota-ona va strimer uchun. Ma’lumot doim o‘yinchiniki.
iOS va Android ilovasiTez orada
O‘yinchi uchun
Brasletni taqasiz va o‘ynaysiz. Ilova tiltni erta sezadi va nima qilishni aytadi.
- O‘rtacha
- 49
- Eng yuqori
- 71
- Nafas mashqi
- 1 marta
21-raundda ball 71 ga chiqdi va 50 soniyada tinchlandi.
Jonli Tilt indeksi
0–100 ball va zona o‘yin paytida. Nima uchun oshgani ham ko‘rinadi.
Titrash va nafas mashqi
Qizishda braslet 1 marta yengil titraydi va 10 soniya nafas taklif qilinadi. Tiltda — 3 marta.
Tanaffus qoidasi
Tilt yoki 3 ta ketma-ket mag‘lubiyat — o‘yin tugagach 15 daqiqa tanaffus. O‘yin o‘rtasida hech qachon.
Ertalabki tayyorlik
Qisqa o‘lchov va uyqu: bugun qanchalik tayyorsiz.
O‘yindan keyingi hisobot
Ball qayerda ko‘tarildi va qancha vaqtda tinchlandingiz.
AI murabbiy
Qisqa, amaliy maslahat.
Veb-panel · hozir ishlaydi
Murabbiy uchun
Butun jamoa bitta ekranda. Faqat o‘yinchi ruxsat bergan ma’lumot.
- DIDilraboIGL42Ideal
- JAJasurEntry63Qizish
- AZAzizAWP34Ideal
- BEBekzodSupport22Sust
- TITimurLurkerRuxsat yo‘q
Jonli kuzatuv
Har o‘yinchining Tilt indeksi, puls va zonasi.
Tayyorlik
Ertalabki o‘lchov: bugun kim to‘liq kuchda, kimga dam kerak.
O‘yin tahlili
Har o‘yin bo‘yicha Tilt chizig‘i, muhim lahzalar va izohlar.
O‘yinchilar
Ruxsatlar, jamoa kodi va rollar.
Yuklama va uyqu
Haftalik o‘yin vaqti va uyqu — charchoqdan oldin.
Sozlamalar
Jamoa ogohlantirishlari va qoidalari.
Veb-kabinet · hozir ishlaydi
Ota-ona uchun
18 yoshgacha o‘yinchi Tiltmeter’dan faqat ota-ona roziligi bilan foydalanadi.
Puls, stress, uyqu va o‘yin natijalari ko‘rinmaydi
Oilaviy kod
Kabinetda kod yaratasiz, farzand uni ilovaga kiritadi. 24 soat amal qiladi.
Ikki ruxsat
Murabbiy bilan ulashish va jamoa reytingi. Boshida ikkalasi o‘chiq.
Sog‘liq ma’lumoti yopiq
Puls, stress, uyqu va o‘yin natijalari kabinetda ko‘rinmaydi.
OBS overlay · ilova bilan
Strimer uchun
Efirda pulsingiz va zonangizni ko‘rsating — tomoshabinlar o‘yin bosimini his qilsin.
Faqat siz yoqqan maydonlar
Puls, zona va tanaffus holati. Stress va Tilt raqami — xohlasangiz.
Efir kechikishi
0 dan 120 soniyagacha. Raqib jonli pulsingizni ko‘rmaydi.
Maxfiy havola
«Yangi havola» bosilsa, eskisi darhol ishlamay qoladi.
18 yoshdan katta
Overlay faqat voyaga yetgan o‘yinchilar uchun.
Jamoangiz bilan sinab ko‘ring
Qisqa demo ko‘rsatamiz, savollarga javob beramiz va pilotni birga rejalashtiramiz.